Matn Muharriri
TXT fayllarni ochish, tozalash va tahrirlash
Faylni shu yerga tashlang
yoki kompyuterdan tanlang — .txt fayllar qoʻllab-quvvatlanadi
Yangi boʻsh matn fayl
Matn kiriting — "Muharrirni ochish" tugmasi bilan muharrir sahifasiga oʻtasiz
| | | |
Kodировka:
100%
Matn:
Almashtirish:

Faylni yuklab olish

Nom oʻzgartirilmasa yuklangan fayl nomi ishlatiladi

Fayl nomi (ixtiyoriy)
Yangi faylga oʻtish
Joriy matn yopiladi. Kerak boʻlsa avval Yuklab olish tugmasini bosing.
Butun matnni tozalash
Barcha matn oʻchiriladi. Orqaga qaytarish bilan tiklash mumkin.

Belgilash

Qaysi matnni belgilashni tanlang

Hammasini belgilash
Muharrir maydonidagi barcha matnni tanlaydi
Qatorlar boʻyicha belgilash
Masalan: 5-20 yoki 30-50
Boshlangʻich va oxirgi qator raqamini kiriting

Foydalanish qoʻllanmasi

Barcha funksiyalar haqida toʻliq maʼlumot

1 — Faylni ochish
Faylni yuklash
Drag & drop yoki kompyuterdan tanlash
Sahifa ochilganda koʻrinadigan katta maydonchaga .txt faylni sudrab tashlang yoki uning ustiga bosib kompyuterdan tanlang. Fayl ochilgach, maydoncha yashirinadi va tahrirlash oynasi chiqadi.
Yangi TXT yaratish
Boʻsh fayl yaratish va muharrirda tahrirlash
Asosiy ekranda "Yangi TXT fayl yaratish" tugmasini bosing — nom bering, matn yozing, keyin "Muharrirni ochish" bilan tahrirlash oynasiga oʻting. Clipboard'da matn boʻlsa, uni bir tugmada joylash taklif qilinadi.
UTF
Kodировka
Matn kodirovkasini tanlash
Fayl ochilgach matn notoʻgʻri koʻrinsa (tushunarsiz belgilar), fayl axboroti panelidagi "Kodировка" roʻyxatidan boshqa variantni (masalan Windows-1251) tanlang — matn avtomatik qayta oʻqiladi.
2 — Tarix
Orqaga — Undo
Oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish
Yozuv, oʻchirish, standartlashtirish va boshqa barcha amallarni bekor qilib, matnni oldingi holatiga qaytaradi. Tarix boʻlmasa, tugma xira koʻrinadi va bosilmaydi.
Ctrl+Z
Oldinga — Redo
Bekor qilingan amalni tiklash
"Orqaga qaytarish" bilan bekor qilingan amalni qayta tiklaydi. Faqat orqaga qaytarish amalga oshirilgandan keyin faollashadi.
Ctrl+Y
3 — Matn bilan ishlash
Belgilash
Matnni tanlash
Modal ochiladi: barcha matnni bir zumda tanlash yoki qatorlar boʻyicha (masalan 5-20) aniq oraliq belgilash imkoniyati mavjud.
Ctrl+A — hammasi
Nusxa olish
Buferga nusxalash
Agar matnning bir qismi belgilangan boʻlsa, faqat shu qismni; belgilanmagan boʻlsa butun matnni buferga (clipboard) nusxalaydi.
Ctrl+C
Joylash
Buferdagi matnni qoʻyish
Bufer (clipboard) dagi matnni kursor turgan joyga joylaydi. Agar brauzer ruxsat bermasa, Ctrl+V dan foydalanish taklif qilinadi.
Ctrl+V
Oʻchirish
Belgilangan qismni yoki butun matnni oʻchirish
Belgilangan qism boʻlsa, faqat shuni oʻchiradi. Hech narsa belgilanmagan boʻlsa, tasdiqlash oynasi chiqib, rozilik olingach butun matnni tozalaydi. Orqaga qaytarish bilan tiklash mumkin.
4 — Standartlashtirish (⋯)
"
Tirnoqlar
Barcha tirnoq turlarini standartlashtirish
Turli koʻrinishdagi tirnoq belgilarini (' ' " " „ « » ´ `) oddiy standart ' va " belgilariga aylantiradi. Butun matn boʻyicha ishlaydi.
Chiziqchalar
Uzun chiziqchalarni defisga keltirish
Uzun chiziqchalarni (– — − ―) oddiy defis - belgisiga aylantiradi.
Koʻp nuqta
Yagona belgini uchta nuqtaga aylantirish
Yagona "koʻp nuqta" belgisini () uchta oddiy nuqtaga (...) aylantiradi.
Boʻshliqlar
NBSP va ortiqcha boʻshliqlarni tozalash
Maxsus boʻshliq belgilarini (NBSP) oddiy boʻshliqqa aylantiradi, ketma-ket ortiqcha boʻshliqlarni bittaga tushiradi va qator oxiridagi ortiqcha boʻshliqlarni olib tashlaydi.
Qatorlar
CRLF → LF, ortiqcha boʻsh qatorlarni normallashtirish
Windows uslubidagi qator koʻchirishlarni (CRLF) standart shaklga (LF) keltiradi va uchtadan koʻp ketma-ket boʻsh qatorlarni ikkitaga tushiradi.
5 — Qidirish va almashtirish
Qidirish
Matn ichidan soʻz yoki ibora qidirish
Toolbar dagi maydonga matn kiriting va Enter yoki lupa tugmasini bosing. ↑ ↓ tugmalari bilan natijalar orasida yuring. Topilgan joy belgilanib, unga avtomatik scroll qilinadi. Topilgan joylar soni ham koʻrsatiladi.
Almashtirish paneli
Topilgan matnni boshqasiga almashtirish
Filtr (≡) tugmasi bosilganda ikki qatorli panel chiqadi: birinchisiga qidirilayotgan matn, ikkinchisiga almashtiriladigan matn kiriting. "1 ta" — faqat birinchi uchrashuv, "Hammasi" — barcha joylarni almashtiradi.
6 — Saqlash va yuklab olish
Tez saqlash
Brauzer xotirasiga saqlash
Pastki footer dagi "Saqlash" tugmasi joriy matnni brauzer localStorage ga saqlaydi — sahifani yopib qayta ochsangiz ham matn saqlanib qoladi. "Auto-saqlash" tugmasini yoqsangiz har 3 soniyada avtomatik saqlanadi.
Ctrl+S
Yuklab olish
Matnni .txt fayl sifatida saqlash
Toolbar dagi "Yuklab olish" tugmasi bosilganda oyna ochiladi — unda fayl nomi avtomatik toʻldirilgan boʻladi, xohlasangiz oʻzgartirishingiz mumkin (ixtiyoriy), soʻng "Yuklab olish" ni bosasiz.
7 — Qoʻshimcha
Kengaytirish
Fayl panelini yashirib matn maydonini kattalashtirish
Fayl paneli va header yashiriladi, matn maydoni butun ekranga kengayadi. Uzun matn bilan ishlashda qulay. Qayta bosib odatiy holatga qaytarish mumkin.
Yangi fayl
Boshqa fayl yuklash yoki yangi fayl yaratish
Fayl panelindagi "Yangi fayl" tugmasi boshlangʻich ekranga qaytaradi. Agar saqlanmagan oʻzgartirishlar boʻlsa, ogohlantirishlar modali chiqadi — avval yuklab olish yoki bekor qilish taklif etiladi.